ProSeller
Barcha bo'limlar

Savol-javob

Sayt, Instagram buyurtmalari, komissiya, to'lov, import, xodimlar, sinov, obuna va xavfsizlik haqida qisqa javoblar.

Sotuvchilar eng ko'p beradigan savollar va qisqa javoblar. Batafsil — havoladagi qo'llanmalarda.

Boshlash

Sayt kerakmi?

Yo'q. Do'kon Telegram botingiz ichida ochiladi va o'z veb-manziliga ham ega — uni Instagram bio'siga qo'yish mumkin. O'z domeningizni ulash tez orada qo'shiladi — ProSeller imkoniyatlari.

Do'kon ochish uchun nima kerak?

O'zbekiston telefon raqami, Telegram akkaunti, @BotFather'da yaratilgan bot va mahsulotlaringiz. Ishga tushirish 5 qadam — Boshlash; batafsil — Sotuvchiga talablar.

Bepul sinov qancha davom etadi?

14 kun. Do'kon ro'yxatdan o'tgach darhol ochiladi, karta talab qilinmaydi. Sinovda barcha imkoniyatlar ishlaydi, Max tarifidagi xorijdan buyurtma ham.

Qancha turadi? Komissiya bormi?

Tariflar — Start, Pro va Max; narxlari saytdagi «Tariflar» bo'limida, 3, 6 va 12 oyga to'lovda chegirma bor. ProSeller savdodan foiz olmaydi. Payme va Click o'z xizmati uchun haq olishi mumkin — bu ular bilan tuzgan shartnomangizga bog'liq.

Ruscha bormi?

Ha. Admin panel tili UZ | RU tugmasi bilan almashadi. Xaridor do'kon va bot xabarlarini o'z tilida ko'radi. Mahsulot nomi va tavsifini o'zbekcha yozasiz va ruscha tarjimasini qo'shasiz — Mahsulotlar.

Buyurtma va to'lov

Instagram'dagi xaridor Telegram'siz buyurtma bera oladimi?

Ha. U do'kon havolasini brauzerda ochib, ism va telefon raqami bilan buyurtma beradi. Raqam tasdiqlanmaydi — yuborishdan oldin qo'ng'iroq qiling. Xaridor buyurtma holatini havola orqali ko'radi, xohlasa Telegram'da kuzatishni yoqadi. Sodiqlik ballari, izoh, chat va oldindan buyurtma faqat Telegram orqali ishlaydi — Buyurtmalar.

Xaridor qanday to'laydi?

Naqd pul, Payme, Click yoki kartangizga o'tkazma (chek bilan). Qaysi usullar chiqishini o'zingiz sozlaysiz — To'lov tizimlari.

Pul qayerga tushadi?

To'g'ridan-to'g'ri sizga: Payme yoki Click orqali — o'z kassangizga, o'tkazmada — kartangizga, naqdda — qo'lingizga. ProSeller xaridor pulini qabul qilmaydi va ushlab turmaydi.

Yangi buyurtma haqida qanday bilaman?

Do'kon boti Telegram'da yozadi — buyurtmalarni ko'rish ruxsati bor va profilida Telegram ID'si kiritilgan har bir xodimga («Buyurtmalar → Sozlamalar»da xodimlarga xabar yoqilgan bo'lsa). Buning uchun xodim do'kon botiga bir marta /start yuborishi kerak — Telegram bot. Chatdagi yangi xabarlar haqida bot yozmaydi.

Xaridor buyurtma holatini qanday biladi?

Holat o'zgarganda bot Telegram xaridoriga xabar yuboradi; matnlarini o'zingiz o'zgartirasiz. Saytdan buyurtma bergan xaridor holatni buyurtma havolasida ko'radi — Buyurtmalar.

Katalog

Excel'dan import qilsa bo'ladimi?

Ha: .xlsx yoki CSV, 5000 qatorgacha. Rasmlarni fayl nomi, SKU yoki havola bilan berasiz. Qayta import SKU bo'yicha narx va qoldiqni yangilaydi — Import.

Mahsulotga nechta rasm qo'yish mumkin?

10 tagacha: JPG, PNG yoki WebP, har biri 5 MB gacha. Birinchi rasm katalogda ko'rinadi. 3–5 ta sifatli rasm tavsiya etiladi — Sotuvchiga talablar.

Xitoydan buyurtma asosida tovar sotsa bo'ladimi?

Ha. «Xorijdan buyurtma» rejimi Max tarifida va sinov davrida ishlaydi: so'rov va narx taklifi, avans, kargo summalari, bosqichlar va trek-raqam. «So'rov bo'yicha» narx va karta o'tkazmasi barcha tariflarda bor — Xorijdan buyurtma.

Tovar tugasa, xaridor kutib tura oladimi?

Ha — oldindan buyurtma orqali: xaridor so'rov qoldiradi, tovar kelganda bot unga xabar beradi — Oldindan buyurtma.

Jamoa va xavfsizlik

Bir nechta xodim ishlasa bo'ladimi?

Ha. Har biriga alohida login va rol bering: masalan, operator buyurtmalarni ko'radi, lekin to'lov sozlamalariga kira olmaydi — Xodimlar va rollar.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

  • Har do'konning ma'lumotlari baza darajasida ajratilgan: boshqa do'kon ularni ko'ra olmaydi.
  • Parollar ochiq holda saqlanmaydi. Bot tokeni va to'lov kalitlari shifrlanadi va panelda qayta ko'rsatilmaydi.
  • Cheklar va so'rov rasmlari yopiq saqlanadi: ularni faqat xodimlaringiz va o'sha xaridor ko'radi.
  • ProSeller jamoasi do'koningiz paneliga kirsa, bu jurnalga yoziladi.

O'zingiz ham ehtiyot bo'ling — Ogohlantirishlar.

Obuna va tez orada

Obuna tugasa nima bo'ladi?

Do'kon xaridorlar uchun vaqtincha yopiladi, admin panelda faqat obuna ekrani qoladi. Ma'lumotlaringiz saqlanadi. Uzaytirish uchun ProSeller botiga yozing — to'lovdan keyin do'kon darhol ochiladi. Oldinroq uzaytirsangiz, kunlar yo'qolmaydi — Ogohlantirishlar.

O'z domenimni ulasam bo'ladimi?

Hozircha yo'q — bu imkoniyat tez orada qo'shiladi. Hozir do'kon ProSeller'dagi manzilingizda ochiladi.

Bitrix24, MoySklad yoki Billz bilan ishlaydimi?

Hali yo'q — bu integratsiyalar tez orada. Uzum Nasiya va Yandex Split ham tez orada. Mahsulotlarni hozircha Excel yoki CSV fayl orqali yuklang — Import.

Tekshirilgan: 19.10.2026

14 kun barcha imkoniyatlar bilan bepul.

Bepul boshlash