Xaridor buyurtmani qanday to'lashi shu bo'limda sozlanadi. Naqd pul doim mavjud va sozlash talab qilmaydi. Onlayn to'lov uchun Payme yoki Click'ni ulang yoki kartangizga o'tkazma qabul qiling. Bo'lim «To'lov usullari» ruxsati bor xodimlarga ochiq.
Payme yoki Click'ni ulash
- «To'lov tizimlari → To'lov tizimini ulash» — har bir tizim kartasi va uning holati: «Ulanmagan» yoki «Ulangan».
- Kerakli kartada **«Ulash»**ni bosing (ulangan tizimda — «Sozlash»).
- **«Kirish ma'lumotlari»**ni Payme yoki Click kabinetingizdan ko'chiring:
| Tizim | Maydonlar |
|---|---|
| Payme | «Merchant ID (Kassa ID)» *, «Maxfiy kalit (Secret key)» * |
| Click | «Merchant ID» *, «Xizmat ID (Service ID)» *, «Maxfiy kalit (Secret key)» *; «Merchant user ID» va «INN» — ixtiyoriy |
- **«Callback manzili»**ni nusxalab, Payme yoki Click kabinetida ko'rsating — to'lov holatlari shu manzilga keladi.
- **«Checkoutda ko'rsatish»**ni yoqing va **«Saqlash»**ni bosing.
Yulduzchali (*) maydonlar va maxfiy kalit to'ldirilmaguncha tizimni yoqib bo'lmaydi.

Maxfiy kalit faqat yoziladi. U shifrlangan holda saqlanadi va hech qayerda qayta ko'rsatilmaydi — formada «Kalit saqlangan (ko'rsatilmaydi)» turadi. Kalitni almashtirish uchun **«Almashtirish»**ni bosib, yangisini kiriting; aks holda eski kalit saqlanib qoladi.
Uzum Nasiya va Yandex Split kartalarida «Tez orada» turadi: ular hali ulanmagan, ularni ochib yoki yoqib bo'lmaydi.
Xaridor nimani ko'radi
- Yoqilgan tizim checkoutdagi «To'lov usuli» ro'yxatida paydo bo'ladi.
- Buyurtma berilgach, xaridor Payme yoki Click to'lov sahifasiga o'tadi. Darhol to'lamasa, buyurtma sahifasidagi «Payme orqali to'lash» (yoki Click) tugmasi bilan keyin to'laydi.
- To'lov o'tganda buyurtma o'zi «To'langan» bo'ladi, «Yangi» holatdagisi esa «Tasdiqlangan»ga o'tadi.
- Payme va Click faqat so'mda ishlaydi.
To'lov tranzaksiyalari
«To'lov tizimlari → To'lov tranzaksiyalari» — Payme va Click orqali kelgan to'lovlar.
- Yuqoridagi kartalar har bir holat bo'yicha jami summa va sonni ko'rsatadi — tanlangan filtrlar bo'yicha.
- Qidiruv: buyurtma raqami, tranzaksiya ID yoki mijoz ismi. Filtrlar: to'lov tizimi va holat — «Muvaffaqiyatli», «Kutilmoqda», «Xato», «Bekor qilingan», «Qaytarilgan».
- Buyurtma raqamini bosing — buyurtma ochiladi.
Karta orqali o'tkazma
Pul ProSeller orqali o'tmaydi: xaridor kartangizga o'tkazadi va chekni yuklaydi, siz tasdiqlaysiz.
Karta qo'shish
- «To'lov tizimlari → Karta orqali o'tkazma» → «Karta qo'shish».
- «Karta raqami» (16–19 raqam; xato raqamda «Karta raqami noto'g'ri» chiqadi), «Karta egasi», «Bank (ixtiyoriy)», «Valyuta» (UZS yoki USD), «Izoh xaridorga (ixtiyoriy)».
- **«Faol»**ni yoqing va **«Saqlash»**ni bosing.
Faol so'm (UZS) kartasi bo'lsa, checkoutda «Karta orqali o'tkazma» usuli paydo bo'ladi. Dollar (USD) kartasi dollardagi buyurtmalar uchun — Xorijdan buyurtma. Kartani o'chirsangiz, avvalgi cheklar saqlanib qoladi.
Xaridor qanday to'laydi
- Checkoutda «Karta orqali o'tkazma»ni tanlaydi.
- Buyurtma sahifasidagi «Karta orqali to'lov» blokida summani, karta raqamini (nusxa olish tugmasi bilan), karta egasini va izohingizni ko'radi. Kartalar bir nechta bo'lsa, birini tanlaydi.
- Pulni o'tkazib, **«Chekni yuklash»**ni bosadi — rasm yoki PDF, 5 MB gacha.
Karta raqami faqat to'lovi kutilayotgan buyurtma xaridoriga ko'rinadi. To'lanadigan summani tizim buyurtmadan hisoblaydi — xaridor uni o'zi yozmaydi. Chek tekshirilguncha xaridor «Chek tekshirilmoqda» yozuvini ko'radi va yangi chek yuklay olmaydi.
Chekni tekshirish
Chek bot orqali «To'lov usullari» ruxsati bor va Telegram ID'si kiritilgan xodimlarga keladi (Xodimlar): rasm, summa va tugmalar — «✅ Tasdiqlash», «❌ Summa mos emas», «❌ Pul tushmadi». PDF chekni admin panelda oching.
Panelda: buyurtma sahifasi → «To'lov va qo'shimcha summalar» → «Cheklar» → «Chekni ochish», so'ng «To'lovni tasdiqlash» yoki «Rad etish» (sabab bilan; «Summa mos emas» va «Pul tushmadi» tayyor turadi).
- Natija xaridorning buyurtma sahifasida ko'rinadi, Telegram xaridoriga bot xabar ham yuboradi.
- To'liq summa tasdiqlansa, buyurtma «To'langan», qismi tasdiqlansa — «Qisman to'langan» bo'ladi.
- Rad etilsa, xaridor sababni ko'radi va chekni qayta yuboradi.
- Har bir chek bir marta ko'rib chiqiladi: tugma qayta bosilsa, hech narsa o'zgarmaydi.
IKPU kodlari
IKPU (MXIK) — mahsulotning fiskal chek uchun kodi. «To'lov tizimlari → IKPU» sahifasida har bir mahsulotga «IKPU kod» (faqat raqamlar, odatda 17 xonali) va **«Qadoq kodi»**ni kiriting va qatordagi ✓ tugmasi bilan saqlang.
- Payme orqali to'lanadigan buyurtmada har bir mahsulotning IKPU va qadoq kodi bo'lsa, Payme'ga chek qatorlari beriladi: nomi, narxi, soni, kodlari, QQS, chegirma va yetkazish.
- Bitta mahsulotda ham kod bo'lmasa, chek qatorlari Payme'ga berilmaydi.
- Kod buyurtmaga buyurtma berilgan paytda yoziladi: keyin kiritilgan kod oldingi buyurtmalarni o'zgartirmaydi.
- QQS foizi: «Sozlamalar → Fiskal» → «QQS foizi».
Sahifa tepasidagi ogohlantirish nechta faol mahsulotda kod yo'qligini ko'rsatadi; «Faqat kodsizlar» belgisi ularni ajratadi. Qidiruv: mahsulot nomi, SKU yoki kod.