ProSeller
Barcha bo'limlar

Telegram bot va kanal postlari

Botni ulash, Mini App sozlash, bot matnlari, kanal va guruhga post, xodimlarga xabarlar.

Do'koningiz Telegram bot ichida ochiladi: xaridor botni ochib, menyu tugmasini bosadi va do'kon Mini App sifatida ochiladi. Bot orqali xaridorga buyurtma holati, rassilka va xodimlarga yangi buyurtma haqidagi xabarlar ham yuboriladi. Har bir do'kon uchun alohida bot kerak.

Botni ulash

  1. Telegram'da @BotFather'ni oching va /newbot buyrug'ini yuboring.
  2. Bot nomini (masalan, «Lola Butik») va username'ini kiriting — username bot bilan tugashi kerak (masalan, lola_butik_bot). BotFather sizga token beradi.
  3. Admin panelda «Telegram bot» bo'limini oching, tokenni qo'ying va **«Botni ulash»**ni bosing.

Ulangandan keyin botning menyu tugmasi do'koningizni ochadi. Token shifrlangan saqlanadi va qayta ko'rsatilmaydi. U begonaga ma'lum bo'lib qolsa, BotFather'da /revoke qilib yangi token oling va «Tokenni almashtirish» orqali kiriting.

Telegram bot sahifasi: ulangan bot va Mini App holati
Telegram bot sahifasi: ulangan bot va Mini App holati

Mini App: do'kon darhol ochilsin

BotFather'da botingizga Main Mini App sozlansa, kanal va guruh postlaridagi tugmalar do'konni bot chatisiz darhol ochadi, mahsulot tugmasi esa aynan o'sha mahsulotni ko'rsatadi.

  1. @BotFather'da /mybots → botingizni tanlang.
  2. «Bot Settings» → «Configure Mini App» → «Enable Mini App».
  3. BotFather manzil so'raganda do'koningiz manzilini yuboring — u «Telegram bot» sahifasidagi «Mini App» kartasida, «Nusxalash» tugmasi bilan.
  4. Panelda **«Qayta tekshirish»**ni bosing — holat «Sozlangan» bo'ladi.

Sozlanmasa ham hammasi ishlaydi: tugmalar avval botni ochadi, bot esa do'kon tugmasini beradi.

Bot matnlari

«Bot matnlari» blokida:

  • Menyu tugmasi matni — do'konni ochadigan tugma (masalan, «Do'kon»).
  • Salomlashish — /start bosilganda, o'zbekcha va ruscha.
  • «Bog'lanish», «Yetkazib berish», «Biz haqimizda» tugmalari javoblari — bo'sh qolsa, tugma chiqmaydi.
  • /start da telefon raqamini so'rash — xaridor «Raqamni yuborish» tugmasi bilan kontaktini ulashadi.

Kanal yoki guruhga post

«Marketing → Kanal uchun post» bo'limida:

  1. Do'kon botini kanalingizga administrator qiling («Xabar joylash» huquqi bilan). Guruhga oddiy a'zo qilib qo'shish yetarli.
  2. «Kanallar» blokiga kanal manzilini yozing: @username, t.me havolasi yoki -100... ID.
  3. Yangi post: kanalni tanlang, matn yozing, rasm va 10 tagacha mahsulot tugmasini qo'shing. Pastda «🛍 Katalogni ochish» tugmasi bo'ladi — matnini o'zgartirish yoki o'chirish mumkin. O'ngda post Telegram'da qanday ko'rinishi chiqadi.
  4. «Kanalga yuborish» yoki «Qoralama» sifatida saqlang.

Mahsulot tugmasi bosilganda xaridor o'sha mahsulotni ko'radi; «Postlar tarixi»da har bir post va uning Telegram'dagi havolasi saqlanadi.

Xodimlarga bildirishnomalar

Yangi buyurtma, so'rov va chek haqida bot xodimga yozishi uchun:

  1. Xodim Telegram ID'sini bilsin — Telegram'da @userinfobot'ga yozsa, ID'ni aytadi.
  2. ID xodim profilida («Profilim») yoki «Xodimlar» bo'limida kiritilsin.
  3. Xodim do'kon botini bir marta /start qilsin — aks holda Telegram botga unga yozishga ruxsat bermaydi.

Xabarlar xodim panelda tanlagan tilda keladi.

Tekshirilgan: 18.10.2026

Keyingi: To'lov tizimlari

14 kun barcha imkoniyatlar bilan bepul.

Bepul boshlash