Buyurtma xaridor savatni rasmiylashtirgan paytda paydo bo'ladi. Bu yerda — buyurtmalar qayerdan keladi, holatlar, to'lov va xaridorga boradigan xabarlar.
Buyurtma qayerdan keladi
- Telegram bot ichidagi do'kon (Mini App) — xaridor Telegram akkaunti bilan, raqami Telegram orqali ma'lum.
- Do'kon sayti — masalan, Instagram bio'sidagi havola orqali, Telegram'siz. Bunday buyurtmada «Saytdan · raqam tasdiqlanmagan» belgisi turadi: yuborishdan oldin xaridorga qo'ng'iroq qilib tasdiqlang.
Yangi buyurtma kelganda bot xodimlarga xabar yuboradi — buyurtmalarni ko'ra oladigan va Telegram ID'si kiritilgan har bir xodimga, uning panel tilida.

Holatlar
| Holat | Ma'nosi |
|---|---|
| Yangi | Buyurtma berildi, hali ko'rib chiqilmagan |
| Tasdiqlangan | Siz qabul qildingiz, tayyorlanmoqda |
| Yetkazilmoqda | Kuryerga berildi yoki yo'lda |
| Yakunlangan | Xaridor oldi |
| Bekor qilingan | Bekor qilindi, band qilingan mahsulotlar bo'shaydi |
Buyurtma sahifasidagi tugmalar uni keyingi holatga o'tkazadi: «Tasdiqlash» → «Yetkazishga berish» → «Yakunlash». «Bekor qilish»da sababni yozish mumkin. Har bir o'zgarish buyurtmaning «Tarix» blokida vaqti bilan saqlanadi.
To'lov
- Payme yoki Click — xaridor onlayn to'laydi, to'lov holati o'zi «To'langan» bo'ladi.
- Naqd — pulni olganingizda buyurtma sahifasida **«Naqd to'lovni tasdiqlash»**ni bosing.
- Karta o'tkazmasi — xaridor kartangizga pul o'tkazib, chek rasmini yuboradi. Chek bot orqali xodimlarga keladi: «To'lovni tasdiqlash» yoki «Rad etish» (sabab bilan) — botdan ham, paneldan ham.
Xaridorga xabarlar
Holat o'zgarganda bot xaridorga xabar yuboradi — uning tilida. Matnlarni **«Buyurtmalar →
Sozlamalar»**da o'zgartiring. Matnda :order_id buyurtma raqamiga, :name xaridor ismiga
almashadi. Ruscha matn bo'sh qolsa, rus tilidagi xaridorga o'zbekchasi boradi.
Shu sahifada ikki kalit bor: xaridorga holat xabarlari va xodimlarga yangi buyurtma xabari.
Buyurtmani tez topish
- Yuqoridagi qidiruv maydoniga buyurtma raqamini yozing — buyurtma darhol ochiladi.
- Ro'yxatdagi tablar holat bo'yicha saralaydi; qo'ng'iroqcha belgisi yangi buyurtmalarni ko'rsatadi.
Sodiqlik ballari
Sodiqlik dasturi yoqilgan bo'lsa, buyurtma «Yakunlangan» bo'lganda xaridorga ball yoziladi. Bekor qilingan buyurtma uchun ball berilmaydi.