ProSeller
Barcha bo'limlar

Oldindan buyurtma

Sotuvda yo'q mahsulotga so'rovlar: holatlar, kutilayotgan sana, xaridorga xabar va buyurtmaga aylanishi.

Oldindan buyurtma — sotuvda yo'q mahsulotga xaridor qoldirgan so'rov. Mahsulot kelguncha siz so'rovni kuzatib borasiz; kelganda bot xaridorga xabar beradi va u odatdagidek buyurtma qiladi.

Xaridor qanday qoldiradi

  • Mahsulot tugaganda mahsulot sahifasida «Hozir sotuvda yo'q» bloki va «Oldindan buyurtma berish» tugmasi chiqadi. Bu «Miqdorni kuzatish» yoqilgan va variantlari yo'q mahsulotlarda ishlaydi; narxi «so'rov bo'yicha» mahsulotga oldindan buyurtma qoldirilmaydi.
  • Xaridor sonini, telefonini va izoh (rang, o'lcham...) kiritadi. Buning uchun do'kon Telegram orqali ochilgan bo'lishi kerak.
  • Bitta mahsulotga bir xaridorda bitta ochiq so'rov bo'ladi. Xaridor o'z so'rovlarini va kutilayotgan sanani «Oldindan buyurtmalarim» sahifasida ko'radi.

Ro'yxat

«Buyurtmalar → Oldindan buyurtma». Yuqoridagi holat belgilarida har holatdagi soni turadi — bosilsa, ro'yxat shu holat bo'yicha filtrlanadi. Qidiruv: mijoz, telefon, mahsulot yoki raqam (masalan, PRE-20261019-A1B2).

Oldindan buyurtmalar: holatlar va ro'yxat
Oldindan buyurtmalar: holatlar va ro'yxat
HolatMa'nosiXaridorga xabar
YangiXaridor qoldirdi, hali ko'rilmagan—
Qabul qilindiSiz ko'rib chiqdingizHa
KutilmoqdaMahsulot kutilmoqda—
TayyorMahsulot keldiHa, «Do'konda ochish» tugmasi bilan
Bekor qilinganSo'rov yopildiHa
Orderga aylantirildiXaridor buyurtma berdi—

So'rovni yuritish

  1. Raqamni bosib so'rovni oching: mahsulot, soni, narxi, xaridor izohi va telefoni.
  2. «Amallar» blokida keyingi holat tugmasini bosing. Avval «Izoh» maydoniga yozsangiz (masalan, «mijoz bilan gaplashildi»), izoh shu o'zgarishga yoziladi. Izoh xaridorga yuborilmaydi.
  3. **«Kutilayotgan sana»**ni belgilang — xaridor uni o'z sahifasida ko'radi.
  4. Mahsulot kelganda **«Tayyor»**ni bosing: bot xaridorga mahsulot kelgani haqida yozadi.

Ochiq so'rov istalgan paytda «Bekor qilingan» qilinadi. «Tayyor»dan keyin mahsulot yana tugasa, «Kutilmoqda»ga qaytarish mumkin. Holat o'zgartirmasdan eslatma qo'shish uchun matnni yozib «Izoh» tugmasini bosing. Har bir o'zgarish **«Preorder tarixi»**da kim va qachon qilgani bilan saqlanadi.

Buyurtmaga aylanishi

«Orderga aylantirildi» holati qo'lda qo'yilmaydi. Xaridor shu mahsulotni odatdagi savat orqali (manzil va to'lov bilan) buyurtma qilganda, uning shu mahsulotga ochiq so'rovlari avtomatik shu buyurtmaga bog'lanadi. So'rov sahifasidagi «Buyurtma» havolasi buyurtmani ochadi — Buyurtmalar.

Tekshirilgan: 19.10.2026

Keyingi: Xorijdan buyurtma

14 kun barcha imkoniyatlar bilan bepul.

Bepul boshlash