ProSeller
Barcha bo'limlar

Metrikalar

Savdo, mahsulotlar, savatcha, qidiruv, tashriflar va konversiya; daromad qanday hisoblanadi.

Metrikalar do'koningiz qanday ishlayotganini raqamlarda ko'rsatadi: savdo, mahsulotlar, savatcha, qidiruv, tashriflar va konversiya. Bo'lim «Analitikani ko'rish» ruxsati bor xodimlarga ochiq.

Bo'limlar

MenyuNima ko'rsatadi
«Metrikalar → Asosiy»«Analitika» sahifasi: «Umumiy», «Buyurtmalar», «Mahsulotlar», «Savatcha», «Qidiruv» tablari
«Metrikalar → Tashriflar»Do'kon sahifalariga tashriflar: qurilmalar, manbalar va sahifalar
«Metrikalar → Konversiya»Ko'rishdan savatchaga va buyurtmaga o'tish, mahsulotlar kesimida

Eski «Google Analitika» sahifasining manzili (/admin/metrics/google) endi «Tashriflar»ni ochadi: u yerdagi raqamlar har doim do'koningizning o'z tashriflaridan olingan.

Davr

Yuqorida davrni tanlang: «Bugun», «Kecha», «7 kun», «30 kun» (odatiy) yoki «Boshqa» — boshlanish va tugash sanasini o'zingiz tanlaysiz (ikki yilgacha). Ikkala sana tanlanmaguncha 30 kun ko'rsatiladi; 3 oydan uzun davrda grafiklar oylar bo'yicha chiqadi.

  • Kunlar Toshkent vaqti bilan sanaladi: «Bugun» — Toshkent bo'yicha soat 00:00 dan.
  • Yashil yoki qizil foiz — oldingi xuddi shunday uzunlikdagi davrga nisbatan o'zgarish (masalan, «7 kun»da — undan oldingi 7 kun).
  • «Avto (30 s)» yoqilgan bo'lsa, raqamlar har 30 soniyada o'zi yangilanadi; «Yangilash» — darhol.
Metrikalar: davr tanlash va asosiy ko'rsatkichlar
Metrikalar: davr tanlash va asosiy ko'rsatkichlar

Daromad qanday hisoblanadi

  • Daromad — davrda berilgan, to'langan va bekor qilinmagan buyurtmalar summasi. Bekor qilingan, lekin to'langan buyurtma — qaytariladigan pul, daromad emas.
  • Daromad buyurtma berilgan kunga yoziladi, to'lov keyinroq kelgan bo'lsa ham.
  • Faqat so'mdagi buyurtmalar kiradi: dollardagi buyurtmalar daromadga qo'shilmaydi.
  • Buyurtmalar — davrda berilgan barcha buyurtmalar (to'langan-to'lanmaganidan qat'i nazar), bekor qilinganlardan tashqari.
  • O'rtacha buyurtma (AOV) — daromad ÷ to'langan buyurtmalar soni.

Asosiy: tablar

  • Umumiy — buyurtmalar, daromad, o'rtacha buyurtma, bekor qilinganlar, yangi mijozlar (davrda birinchi marta paydo bo'lganlar), mahsulot ko'rishlar, savatchaga qo'shishlar va qidiruvlar. «Bekor qilish ko'rsatkichi» 10% dan oshsa, qizil bo'ladi.
  • Buyurtmalar — kunlik (yoki oylik) buyurtmalar va daromad grafigi, buyurtma holatlari va to'lov usullari diagrammalari.
  • Mahsulotlar — «Eng ko'p sotilganlar» (daromad bo'yicha), «Eng ko'p savatchaga qo'shilganlar» va «Batafsil hisobot»: sotilgan soni, daromad, yalpi foyda va ulush. Yalpi foyda mahsulotning hozirgi kirim narxi bilan hisoblanadi; kirim narxi kiritilmagan bo'lsa «—».
  • Savatcha — qo'shishlar va olib tashlashlar, «Ko'rish → Savatcha» va «Savatcha → Buyurtma» foizlari, voronka va «Savatchani tashlab ketish» (70% dan oshsa qizil). «Savatchaga qo'shgan mijozlar» ro'yxatida har biri «Buyurtma berdi» yoki «Tashlab ketdi». Ro'yxatda faqat tanilgan mijozlar chiqadi — anonim tashrifchilar raqamlarga kiradi, lekin ismi ko'rinmaydi.
  • Qidiruv — jami qidiruvlar, natijasizlari, muvaffaqiyat darajasi, «Ommabop so'rovlar» va «Natija bermagan so'rovlar».

Tashriflar

  • Sahifa ko'rishlar soni — do'kon sahifalari (Mini App va sayt) necha marta ochilgani.
  • Noyob tashrif buyuruvchilar — tashriflar (sessiyalar) soni; «Tashrifdagi sahifalar» — bitta tashrifda o'rtacha nechta sahifa ko'rilgani.
  • O'rtacha sessiya davomiyligi — tashrifdagi birinchi va oxirgi sahifa orasidagi vaqt; bitta sahifali tashriflar hisobga olinmaydi.
  • Qurilma bo'yicha — telefon, kompyuter, planshet. Manba bo'yicha — «Telegram» (bot ichidagi do'kon), havola bosilgan sayt nomi yoki «To'g'ridan-to'g'ri».
  • Eng ko'p ko'rilgan sahifalar — sahifa manzili bo'yicha.

Konversiya

Yuqorida: Ko'rishlar → Savatchaga → Buyurtmalar. Pastda — ko'rishlar soni bo'yicha top 50 mahsulot: har birining ko'rishlari, savatchaga qo'shishlari, shu mahsulot bor buyurtmalar soni (bekor qilinganlarsiz) va ikki foiz: «Ko'rish → Savatcha», «Savatcha → Buyurtma».

14 kun barcha imkoniyatlar bilan bepul.

Bepul boshlash